lepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestoklepestok
icon

Kafolatlar

o'rqaga

Makroda bir vaqtning o‘zida uchta kafolat dasturini ishga tushirganligimizni mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz: Narx kafolati, Sifat kafolati va Xizmat kafolati.

"Hammasi siz uchun!" yangi brend strategiyasi doirasida xarid tajribasi har doim ijobiy, yoqimli va qulay bo‘lishi uchun faol ish olib bormoqdamiz. Bu bizning asosiy maqsadimizdir! Aziz mehmonlarimizning ishonchini ta’minlash uchun bir vaqtning o‘zida uchta kafolat dasturini ishga tushirishdan mamnunmiz:

🔹Narx kafolati: agar chekdagi narx siz reklamada ko‘rgan narxdan farq qilsa yoki peshtaxtadagi narx yorlig‘iga mos kelmasa, biz farqni qaytarib beramiz va keyingi xarid uchun kupon taqdim etamiz.

🔹Sifat kafolati: mahsulotning yangiligi, yaroqlilik muddati yoki butunligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, biz uni almashtirib beramiz, shuningdek, keyingi xarid uchun kupon taqdim etamiz.

🔹Xizmat kafolati: agar xizmat kutganingizdek bo‘lmasa, bemalol menejerga murojaat qiling — har bir holat tez va individual tarzda hal etiladi! Buning ustiga, sizga keyingi xaridingiz uchun kupon sovg‘a qilamiz.

Makroga keling va ishonch bilan xarid qiling! Biz doim mehmonlarimiz xaridlardan faqat ijobiy taassurot olishlari uchun harakat qilamiz.

📄 Dasturning batafsil shartlari ommaviy ofertada keltirilgan.

icon

Oferta